
Yangi versiyada interfeys soddalashtirilib, tezlik oshirildi.
Elektron xizmatlarning mobil ilovasi yangi versiyaga yangilandi. Yangilangan ilovada foydalanuvchi interfeysi soddalashtirildi, sahifalar yuklanish tezligi oshirildi va bir qator yangi funksiyalar qoʻshildi.
Endi foydalanuvchilar murojaatlar holatini kuzatish, bildirishnomalar olish va xizmatlar uchun onlayn ariza berish imkoniyatiga ega. Ilova Android va iOS platformalarida bepul yuklab olish uchun mavjud.
