
Iqtidorli mutaxassislar uchun ochiq tanlov boshlandi.
Korxona iqtidorli mutaxassislarni jalb etish maqsadida kadrlar zaxirasiga ochiq tanlov eʼlon qildi. Tanlovda aloqa, axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik sohalarida tajribaga ega nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov bir necha bosqichda — hujjatlarni koʻrib chiqish, test sinovi va suhbat orqali oʻtkaziladi. Gʻoliblar korxonaning turli boʻlimlarida bosh lavozimlarga tavsiya etiladi va professional oʻsish imkoniyatiga ega boʻladilar.
