Asosiy kontentga o'tish

Manfaatlar toʻqnashuvi: qanday aniqlanadi va oldi olinadi

Xodimning shaxsiy manfaati xizmat vazifalariga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan holatlar va ularni bartaraf etish tartibi.

Manfaatlar toʻqnashuvi — bu xodimning shaxsiy manfaati uning xizmat vazifalarini xolis bajarishiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan vaziyat. Bunday holat oʻz-oʻzidan huquqbuzarlik hisoblanmaydi, biroq oʻz vaqtida oshkor qilinmasa, korrupsiyaga aylanishi mumkin.

Eng koʻp uchraydigan misollar: yaqin qarindoshi ishtirok etayotgan tanlovda komissiya aʼzosi boʻlish, oʻzi manfaatdor boʻlgan tashkilot bilan shartnoma boʻyicha qaror qabul qilish, yoki xizmat maʼlumotidan shaxsiy maqsadda foydalanish.

Korxonada belgilangan tartib soddadir: xodim bunday vaziyatni aniqlagan zahoti bevosita rahbariga yozma ravishda xabar beradi. Shundan soʻng u tegishli qaror qabul qilish jarayonidan chetlashtiriladi va masala korrupsiyaga qarshi komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.

Maqolalar roʻyxatiga qaytish

Maqolalar

"Respublika maxsus aloqa bog'lamasi" DUK

Rasmiy veb-sayt

Sayt yuklanmoqda…